Xitoy AQShni xalqaro tartibga asosiy tahdid deb atadi

Jahon 21:37 / 13.09.2020 5923

Tsyan Pentagonning Xitoyning harbiy ishlanmalari va maqsadlari haqida AQSh kongressiga bergan hisobotiga shunday izoh bergan

“Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, aynan AQSh mintaqaviy tartibsizliklar qo‘zg‘atuvchisi, halqaro tartibni buzuvchi va butun dunyoda tinchlikka putur yetkazuvchi hisoblanadi”, deb aytgan Tsyan.

U oxirgi 20 yil ichida AQSh Iroq, Suriya va Liviyada noqonuniy tarzda urush qo‘zg‘aganini eslatib o‘tdi. Vashingtonning tajovuzkor harakatlari 800 mingdan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ldi, o‘n millionlab odamlar qochqin bo‘lishga majbur bo‘ldi, deya ta'kidlab o‘tgan Tsyan.

Xitoy vakili Pentagonning hisobotini Vashingtonda rasmiy Pekin va Xitoy qurolli kuchlarini yomonotliq qilishni istayotganlarining yana bir isboti deb atadi. U AQShni Xitoyning milliy mudofaasiga xolis va oqilona munosabatda bo‘lishga va yolg‘on bayonotlar berishni to‘xtatishga chaqirgan. 

Sentabr boshida Pentagon Xitoyning salohiyati to‘g‘risida kongressga taqdim qiladigan har yillik xisobotida Xitoy 10 yil ichida o‘z yadro qurolini kamida ikki barobarga oshirishini ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: