O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda

Iqtisodiyot 15:20 / 13.09.2020 9297

2020 yilning 8 oyi davomida O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu – 2019 yilning mos davriga nisbatan 209 mln dollarga yoki 5,4 foizga kam.

Bu haqda 10 sentabr kuni Markaziy bankning asosiy stavkani 15 foizdan 14 foizga  tushirish haqidagi qarori yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Pul o‘tkazmalari ayniqsa mart-aprel oylarida sezilarli kamaygan (pandemiya munosabati bilan Rossiyada ishlanmaydigan haftalar e'lon qilingandi), may oyida aprelga nisbatan ikki barobarga oshgan.

Shu bilan birga, pul o‘tkazmalari iyun va avgust oylarida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan oshgani qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: