Isroil BAAda Eron ortidan kuzatish uchun razvedka bazasi ochmoqchi

Jahon 17:30 / 13.09.2020 4914

Breakingdefense.com nashrining xabar berishicha, Isroil bu ma'lumotga izoh bermayotgan bo‘lsa-da, uning vakillari BAAda bo‘lg‘usi maxfiy obekt joylashadigan hududni ko‘zdan kechirib chiqishgan.

Baza Yamandan janubda joylashgan Sokotra orolida joylashadi. Ayni vaqtda ushbu hudud BAAni qo‘llab-quvvatlovchi yamanlik husiychilar tomonidan nazorat qilinadi.

Sokotrada Isroil razvedka obektlarining ochilishi Tel-Avivga Adan ko‘rfazi va Afrika shoxi mintaqasidagi vaziyatni Eronning ushbu hududdagi xatti-harakatlariga urg‘u bergan holda monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Bu orada Eronda BAA va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga og‘riqli munosabat bildirdi. Xususan, Eron parlamenti vakillarining ta'kidlashicha, Tehron va Tel-Aviv o‘rtasida harbiy ixtilof yuz bergudek bo‘lsa, BAA nishonga olinishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: