Yevrofutbol qaytmoqda: Angliyada azaliy raqiblar to‘qnashuvi, Ispaniyada derbi, Fransiyada «PSJ» - «Marsel», Rossiyada «Spartak» TsSKAga qarshi

Sport 13:22 / 12.09.2020 12703

APL: «London derbisi», «Liverpul» - «Lids», Mourino Anchelottiga qarshi

Tumanli Albionda mavsumning starti Manchester klublarisiz boshlansa-da, dastlabki tur doirasida intrigalar yetarlicha. Chempionatning ilk o‘yini - «London derbisi». «Arsenal» «Kreyven Kottej»da «Fulhem»ga qarshi maydonga tushadi. Ha, o‘sha britancha an'analarni saqlab qolgan, dalahovlilar orasidagi mo‘'jazgina stadionda o‘tadi bu to‘qnashuv. APLni sog‘inib qolgan debyutant klub yaqinda Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan Mikel Arteta jamoasiga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsatishi kutilmoqda. Futbol kunini ushbu to‘qnashuvni tomosha qilish bilan boshlaymiz.

Yoki olaylik, Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul»ning Marselo Belsaning «Lids»iga qarshi azaliy raqiblarning bahsi zerikarli bo‘lishi mumkinmi? Aslo yo‘q. Premer-ligadagi bu qarama-qarshilikni 16 yildan buyon kutganlar bor.

Transfer oynasida faol bo‘lgan «Everton» Londonda «Tottenhem» sinovidan qanday o‘tishi ham barchaga qiziq bo‘ladi. Har holda Anchelotti va Mourinoning bir necha yillik hisob-kitobi bor. Qolaversa, o‘tgan mavsum top to‘rtlikda bo‘lgan «Lester» va «Chelsi»ning mavsumni qanday boshlashi barcha uchun qiziq bo‘lishi shubhasiz. Ayniqsa, transfer oynasida katta xarajatlarga qo‘l urgan Lempardning chempionlik uchun kurashdagi dastlabki imkoniyatlari ko‘rina boshlaydi.

Angliya Premer-ligasi. 1-tur

12 sentabr (shanba)

16:30. Fulhem – Arsenal

TV-translatsiya: FutbolTV

19:00. Vest Hem - Nyukasl

19:00. Kristal Pelas - Sauthempton

21:30. Liverpul - Lids

TV-translatsiya: FutbolTV

13 sentabr (yakshanba)

18:00. Vest Bromvich – Lester

TV-translatsiya: FutbolTV

20:30. Tottenhem – Everton

TV-translatsiya: UzReportTV

14 sentabr (dushanba)

23:55. Brayton – Chelsi

TV-translatsiya: FutbolTV

23:55. Sheffild Yunayted - Vulverhempton

Qoldirilgan. Bernli - Manchester Yunayted

Qoldirilgan. Manchester Siti - Aston Villa

Ispaniya: «Valensiya derbisi» va boshqa o‘yinlar

APL bilan bir kunda La Liga karvoni ham yo‘lga otlanadi. Ispaniyada ham yevrokuboklardagi ishtiroki uchun qo‘shimcha ta'til berilgani sababli «Real», «Barselona», «Atletiko» va «Sevilya» singari grandlar ishtirokidagi o‘yinlar dastlabki tur doirasidan boshqa sanaga ko‘chirilgan. Shunga qaramay, La Ligada jangovar o‘tishi kutilayotgan derbi bor – «Valensiya» «Levante»ga qarshi!

Bu klublar o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuvlar tomoshabop o‘tmoqda. Hozirda qiyin kunlarni o‘tkazayotgan «Valensiya»ning holatidan prinsipial raqibi «Levante» foydalanib qolishi hech gap emas. Shuningdek, «Vilyarreal», «Atletik» va debyutant klublarning debyuti qanday chiqishi muxlislar e'tiborida bo‘ladi.

Ispaniya La Ligasi. 1-tur

12 sentabr (shanba)

19:00. Eybar - Selta

21:30. Granada - Atletik

23:55. Kadis - Osasuna

13 sentabr (yakshanba)

17:00. Alaves - Betis

19:00. Valyadolid – Real Sosedad

21:30. Vilyarreal – Ueska

TV-translatsiya: FutbolTV

23:55. Valensiya - Levante

TV-translatsiya: FutbolTV

Qoldirilgan. Atletiko - Sevilya

Qoldirilgan. Barselona - Elche

Qoldirilgan. Real – Xetafe.

Fransiya: «Marsel» muammolar girdobidagi «PSJ»ni mag‘lub eta oladimi?

Fransiyaning amaldagi chempioni «Pari Sen-Jyermen» koronavirusdan jiddiy zarar ko‘rmoqda. Neymar, Di Mariya, Paredes, Ikardi, Navas, Markinosdan keyin Mbappe ham infeksiya yuqtirib olgani jamoaga ham o‘z ta'sirini o‘tkazmay qo‘ymayapti. Parij klubi o‘tgan turda safarda liga debyutanti «Lans»ga yutqazib qo‘ydi. Aksiga olib bu turda ham Tuxel jamoasi jiddiy qarama-qarshilikda maydonga tushadi. «PSJ» azaliy raqibi «Marsel»ni qabul qiladi. Bu bahsda ham yetakchilarning safga qaytishi so‘roq ostida. Marselliklar YeChL finalchisining hozirgi muammolaridan foydalanib qolish ilinjida bo‘lishlari aniq.

Fransiya chempionati. 3-tur

11 sentabr (juma)

Bordo – Lion 0:0

12 sentabr (shanba)

Monpele - Nitssa

Sent-Eten - Strasbur

13 sentabr (yakshanba)

Lill - Mets

Anjyer - Reyms

Dijon - Brest

Loryan - Lans

Nim - Renn

Monako - Nant

PSJ – Marsel. 23:55

RPL: TsSKA - «Spartak», Eldor Shomurodov Jasur Jaloliddinovga qarshi

Rossiya Premer-ligasi 7-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv TsSKA va «Spartak» o‘rtasida kechadi. Bu safargi «Moskva derbisi»ga 14 ochko jamg‘argan «Spartak» turnir peshqadami sifatida yetib kelgan bo‘lsa, to‘rt ochko kam yiqqan TsSKA 5-o‘rinda yetib keldi. Bu o‘yin armiyachilar uchun asosiy raqiblari bilan oradagi farqni qisqartirish imkoniyatini bersa, «Spartak»ka oradagi farqni oshirish bilan birga peshqadamlikni davom ettirish uchun zarur.

Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Oston O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Sababi bosh murabbiy Tedesko maydon markazidagi yarimhimoyachilarning jarohati sabab muammolarga ega.

Shuningdek, turning so‘nggi o‘yini - «Rostov» va «Lokomotiv» to‘qnashuvi ham o‘zbekistonlik muxlislar e'tiborida bo‘lishi aniq. Eldor Shomurodov Jasur Jaloliddinovga qarshi maydonga tushishi mumkin. Dam olish kunlardan keyin dushanba kungi bu uchrashuv ham ko‘rishga va muxlislik qilishga arzigulik o‘yin.

Rossiya Premer-ligasi. 7-tur.

12 sentabr (shanba)

15:45. Tambov – Ufa

18:30. Ural - Ximki

21:00. Axmat - Sochi

13 sentabr (yakshanba)

18:30. Dinamo - Rubin

21:00. TsSKA - Spartak

21:00. Rotor - Krasnodar

14 sentabr (dushanba)

20:30. Zenit - Arsenal

22:30. Rostov – Lokomotiv.

Usmon Ibodov tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: