Toshkentda issiq suv ta'minotida rejali uzilishlar kuzatiladi

Jamiyat 12:13 / 12.09.2020 3570

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan, 14 sentyabrdan boshlab poytaxtdagi issiqlik markazlari va ularning yo‘nalishidagi quvurlarni yangi mavsumga tayyorlash ishlari olib boriladi. 

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan hududlardagi issiq suv ta'minotida rejali uzilishlar kuzatiladi. 

Xususan, 14-18 sentabr kunlari 7 va 8-issiqlik markazlarining ta'minot yo‘nalishida issiq suv bo‘lmaydi.

7-issiqlik markazining ta'minot hududidagi:

- Qorasuv ko‘chasida;
- Beshariq ko‘chasida;
- Birlashgan ko‘chasida;
- Birlashgan 2-tor ko‘chasida;
- Elbek ko‘chasida;
- Asalobod ko‘chasida;
- Quruvchilar ko‘chasida;
- Uysozlar ko‘chasida;
- Parkent ko‘chasida;
- Cho‘lpon ko‘chasida; 
- Alimkent ko‘chasida;
- Ohangaron shossesi;
- Tuzel-1,2,3,4 dahalarida;
- Uysozlar-1 dahasida;
- Asalobod-1,2 dahasida;
- Aviasozlar -1,1a,2,3,4 dahalarida.

8-issiqlik markazining ta'minot hududidagi:

- Yangi Sergeli yo‘li ko‘chasida;
- Mehrigiyo ko‘chasida;
- So‘g‘diyona ko‘chasida;
- Qipchoq ko‘chasida;
- Chinor ko‘chasida;
- Davlatobod ko‘chasida;
- Do‘stlik ko‘chasida;
- Mirzo Tursunzoda ko‘chasida;
- Jahonaro ko‘chasida;
- Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida;
- Sergeli 1-8A dahalarida;
- Yo‘ldosh-1-18 dahalarida;
- M-1,2,3 dahalarida;
- Do‘stlik-1,2 dahalarida.

Ko‘proq yangiliklar: