“O‘zbekneftgaz”: 3D seysmik geologiya-qidiruv ishlari tabiiy gaz va gaz kondensati qazib chiqariladigan quduqlar topilishida samarali usul bo‘lib qolmoqda (Foto)

Jamiyat 15:30 / 12.09.2020 6425

“O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari tomonidan uglevodorod xomashyo bazasini qayta tiklash va rivojlantirish yo‘lida 3D seysmik geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, 2020 yilning yanvar-avgust oylari mobaynida “Gazli” va “Uchqir” maydonlarida 440 kv.km hajmda 3D seysmik qidiruv ishlari bajarildi, natijada esa 16 ta quduq qurilish bilan tugatildi, 4ta yangi maydonda izlov burg‘ilash ishlari boshlandi.

Burg‘ilash ishlari natijasida, shuningdek 9 ta quduqdan (“Janubiy Ko‘lbeshkak-3”, “Shorqum-2”, “O‘rtabuloq-1”, “Shimoliy Urga-2”, “To‘maris-5”, “Andakli-3”, ”O‘rtaqum-1”, “Shortak-2”, “Janubiy Aqqum-1”) kunlik jami 1374 ming kub metr miqdorda tabiiy gaz va 25,5 ming kub metr miqdorda kondesat oqimlari olindi hamda “Yangi O‘rtaqum” va “Janubiy Aqqum” gazkondensat konlari ochildi.

Shuningdek, “Chakkaqum - Shimoliy Suzma”, “Murodtepa-Otamurod”, “Inom”, “Sovligar”, “Janubiy Zekri” konlarida razvedka ishlari to‘liq yakunlandi va ularning uglevodorod zahiralari “O‘zbekneftgaz” AJ qoshidagi Markaziy zahiralarni hisoblash komissiyasida tasdiqlandi va Davlat geologiya qo‘mitasining doimiy xarakatdagi zahiralar komissiyasiga topshirildi.

Olib borilgan geologiya – qidiruv ishlari natijasida 7,033 mlrd. metr kub hajmda tabiiy gaz hamda 273,2 ming tonna hajmda suyuq uglevodorodlar zaxirasi o‘stirildi.  

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining 2020 yil 19 iyul №01-10/77 sonli yig‘ilishidagi topshiriqlarni ijrosini ta’minlagan holda, yil yakuniga jami 35 ta (qo‘shimcha 5 ta quduq) izlov-qidiruv quduqlarini yakunlash va uglevodorod xom-ashyosi zaxiralarini o‘stirish, tabiiy gaz bo‘yicha 20,0 mlrd.kub.metrga (qo‘shimcha 2,0 mlrd.kub.metr), suyuq uglevodorodlar bo‘yicha 620 ming. tonnaga (qo‘shimcha 20,0 ming.tonna) o‘stirish ta’minlanadi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: