Navoiyda YTHga uchragan velosipedchi shifoxonada vafot etdi

Jamiyat 10:18 / 12.09.2020 4702

Joriy yilning 11 sentabr kuni soat 02:30larda, Navoiy viloyati Xatirchi tumani, A.Navoiy MFY hududidan o‘tgan 4R-56 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan O‘.Yo. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, qarshisidan, mast holda harakatlanib kelayotgan velosiped haydovchisi, 1969 yilda tug‘ilgan A.T.ni urib yuborgan.

Natijada, velosiped haydovchisi, 51 yoshli A.T. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan transport vositasini mast holda boshqarmasliklarini, yo‘llarda harakatlanganda ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: