Farg‘onada 41 000 000 so‘mlik uzumni sotib olib, pullarini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi

Jamiyat 08:15 / 12.09.2020 4844

Joriy yilning 4 avgust kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida Yu.M. tanishi X.Q.ning ishonchiga kirib narxi 41 000 000 so‘mlik uzum mevalarini olgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Yu.M. bir kun muddatda uzum pullarni olib kelib berishini aytib, bergan va'dasini bajarmasdan uzum mevalarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: