AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini davom ettirishni boshladi

Jahon 19:30 / 12.09.2020 4023

AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi va Oksford universiteti koronavirusga qarshi vaksina sinovlarini davom ettirishni boshladi.  

 "Koronavirusga qarshi AZD1222 vaksinasi sinovlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni nazorat qilish boshqarmasining (MHRA) sinovlarni davom ettirish xavfsiz ekanligi to‘g‘risidagi xulosasidan so‘ng qaytadan boshlandi", - deyiladi kompaniya bayonotida.

 6 sentyabrda vaksina ustida mustaqil tadqiqot o‘tkazish zarurati tufayli uning butun dunyo bo‘ylab sinovlari to‘xtatilgandi. Vaksinani tekshirgan mustaqil komissiya sinovlarni davom ettirish mumkin degan xulosa berdi.

Avvalroq vaksinaning Britaniyadagi sinovlari vaqtida sinaluvchilardan birida tushunarsiz kasallik aniqlangandi.  

Ko‘proq yangiliklar: