Sug‘urta polisisiz boshqarilgan avtotransportni ushlab turish tartibi bekor qilinadi

O‘zbekiston 18:19 / 11.09.2020 23028

Ma'lum qilinishicha, mazkur hujjat jami 6ta qonun va 3ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutadi.

Jumladan, tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish orqali:

– Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi.

– Ishga kirayotgan shaxsdan talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxatidan turar joydan ma'lumotnoma chiqarib tashlanmoqda.

– Vasiy yoki homiy tayinlash vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs tomonidan arizasiga yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organidan ma'lumotnomani ilova qilish talabi bekor qilinadi.

– Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan atmosfera havosini ifloslantirishning o‘rmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish bo‘yicha qaror qabul qilishni nazarda tutuvchi funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: