Samarqandda 7 yoshli bolani urib yuborgan haydovchi voqea qanday sodir bo‘lganini gapirib berdi

Jamiyat 15:02 / 10.09.2020 9953

7 sentabr kuni Samarqand tumanining «Talibarzui-poyon» (xalq tilida «Maksim Gorkiy») mahallasi hududida 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.M. boshqaruvidagi «Lasetti» 7 yoshli bolani urib yuborgani va bolakay voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

MY5 telekanali shu mavzuda tayyorlagan lavhada YTHni sodir etgan haydovchi voqea qanday bo‘lganini so‘zlab berdi.

Uning aytishicha, «Oqmachit» mahallasi tomondan «Ravonak» mahallasi tomonga ketayotgan bo‘lgan va «Talibarzui-poyon» mahallasiga kelganda, yo‘l chekkasida turgan uch boladan biri yugurib katta ko‘chaga chiqqan va o‘sha bolani urib yuborgan.

Yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan bolani guvohlardan biri zudlik bilan ariqdan chiqarib olgan va bolani urib yuborgan «Lasetti»ga yotqizib, kasalxonaga olib ketishgan. Biroq bolakay voqea joyida halok bo‘lgandi.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: