LG'ning virtual ko‘rgazmasi virtual olqishlar uchun ochilmoqda

Jamiyat 16:00 / 10.09.2020 5139

Joriy yil IFA ko‘rgazmasida LG Electronics (LG) kompaniyasi ko‘p vaqtlarini o‘z uylari va xonadonlarida o‘tkazayotgan oilalar, insonlar uchun maksimal darajadagi qulaylik va shinamlikni ta'minlash uchun ideal uy haqidagi tasavvurlarini baham ko‘rmoqda. Sentabr oyi davomida LG ilk virtual ko‘rgazma orqali kompaniyaning uydagi turmush tarzini yanada sokin, yorqin va samaraliroq qilishiga bog‘liq real hayotdan ssenariylar va ajoyib namoyishlardan foydalangan holda ishtirokchilarga yangi, misli ko‘rinmagan taassurotlarga ega bo‘lishga taklif etadi.

«LG dunyosini avval bo‘lmagandek qaytadan kashf eting» mavzusi doirasida Messe Berlin (mahalliy vaqt va ob-havoni hisobga olgan holda) ko‘rgazma kompleksidagi №18 zalining realistik vizual dizayni mehmonlarga agar ular chindan ham Berlinda bo‘lganlarida o‘zlarining shaxsiy, xavfsiz va qulay uylardan chiqmasdan kompaniyaning yangi innovatsiyalarini o‘rganish imkoniyatini beradi. LG onlayn-ko‘rgazmasiga tashrif buyurish chog‘ida ishtirokchilar virtual gid yordamida ekskursion turdan zavq olishlari yoki mustaqil tarzda mini-karta orqali virtual stendlar bo‘ylab qanday harakatlanishni tushuntiruvchi yo‘riqnoma bilan tanishishlari mumkin. Mehmonlar tanlangan qurilmani bosish orqali uning harakatini tomosha qilish yoki texnik xususiyatlari va funksiyalarini o‘rganish imkoniga ega bo‘lishadi.

Virtual ko‘rgazma odamlar eksponatlarni huddi o‘yindagi kabi erkin o‘rganishlari mumkin bo‘lgan qiziqarli interaktiv tadbir kabi o‘ylab chiqilgan.  Bunga Koreyaning Unity Technologies ofisi bilan hamkorlik hamda real vaqt rejimida (RT3D) interaktiv 3D-kontentlar yaratish hamda boshqarish bo‘yicha jahonning yetakchi platformasi hisoblangan video-o‘yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniya – Unity o‘yin dvigatelidan foydalanish orqali erishildi. Mazkur o‘yin mexanizmi mobil telefonlar, planshetlar, shaxsiy kompyuterlar, konsollarda, shuningdek, virtual va kengaytirilgan reallik qurilmalarida real vaqt rejimida interaktiv 2D- va 3D-kontentni yaratish, ishga tushirish hamda monetizatsiya qilish uchun dasturiy yechimlarning to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi.

Virtual ko‘rgazmada joriy yil boshida Las-Vegasdagi CES ko‘rgazmasida mehmonlar qalbini zabt etishga ulgurgan LG OLED takrorlanmas tasvir sifatini namoyish etuvchi hamda noyub shakllarni o‘zida aks ettirish qobiliyatiga ega ko‘plab moslashuvchan ekranni namoyish etuvchi OLED New Wave installyatsiyasi o‘ziga xos o‘rin egalladi. Ishtirokchilar LG OLED televizorining betakror tasviri hamda ovoz kuchi tufayli uy kinoteatri zonasida LG ko‘ngilochar dasturlaridan bahramand bo‘lishlari yoki o‘yinlar uchun maxsus zonasida ideal o‘yin muhitiga sho‘ng‘ishlari mumkin. Virtual sport-bar sport kontentlarini tomosha qilish uchun optimallashtirilgan, layfstayl zona esa mehmonlarni fon suratlar va galereyadan tortib video-roliklargacha – OLED tufayli reallikka aylanuvchi dunyo imkoniyatlaridan zavq olishga taklif etadi.

OLED televizorlarining  4S: aniqlik, tezlik, silliqlik va noziklik kabi asosiy xususiyatlari tufayli ishtirokchilar uy kinoteatrida video tomosha qilish orqali unitilmas taassurotlar olishadi. Virtual texnologiyalar mehmonlarga taqqoslash uchun yulduzli tunning batafsil kadrlaridan foydalangan holda LG o‘z-o‘zini yorituvchi displeylarini odatiy – LCD yoritgichli suyuq-kristall televizorlari bilan solishtirish imkonini beradi. Ko‘rgazma ishtirokchilari shuningdek, Meridian Audio texnologiyalari asosida yaratilgan kompaniyaning zamonaviy tovush paneli hamda dinamikasining chuqur, uch o‘lchamli ovozidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

LG'ning turli xil aqlli maishiy texnika modellari jamlanmasi va kompleks xizmatlar bilan yettita ixtisoslashgan zonada tanishish mumkin. «O‘z turmushingiz va uyingizni yangichasiga qaytadan yarating» bo‘linmasi uchta zona: «Salomatlik», «Gigiyena» va «Qulaylik» bo‘ylab tashkil etilmoqda va ular texnologiya yordamida uyni qanday qilib yanada qulayroq hamda gigiyeniyaga javob beradigan qilish mumkinligini namoyish etadi. LG texnologiyalari iste'molchilarga mas'uliyatli va individual xizmatni taqdim etgan holda biz nafas olayotgan havoni yaxshilashi, kiyimlarni parvarishlash va taomlarni saqlash uchun optimal gigiyenik sharoitlarni yaratishi hamda yanada sog‘lomroq va qulay oshxona hayoti uchun kerakli zaruriyatlarni yaratishi isbotlangan.

LG'ning AI Connect Air Care rejimidagi namoyishi vaqtida mehmonlar uyda uzoq vaqt davomida qolishni sezilarli darajada yengillashtiruvchi bir vaqtning o‘zida internetga ulangan bir necha qurilmalardan foydalanish qulayligi bilan tanishishadi. Kir yuvish bo‘linmasida ishtirokchilar LG kir yuvish mashinalarining yangi modellari, jumladan, LG WashTower – tozalashning optimal samaradorligini ta'minlovchi sun'iy intellekt texnologiyasi bilan yaqinroq tanishishlari mumkin.

Kirish qismi va ovqatlanish zonalari  ko‘rgazma qatnashchilari LG aqlli texnikasi yordamida ideal oshpazlik namunalarini yaratish uchun do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlarini skanerdan o‘tkazib ko‘rishlari mumkin bo‘lgan joydir. Bundan tashqari, AI Connect Cooking Mode rejimi esa taom tayyorlash jarayonini osonlashtiradi va rejalashtirish hamda o‘ylash uchun sarflanadigan vaqtni tejaydi.

Shuningdek, ishtirokchilar Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining kengaytirilgan turlaridan – ya'ni, LG texnikasi imkon qadar uzoq vaqt ishlashi uchun iste'molchilarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar to‘g‘risida avvalroq ogohlantiruvchi, kerak bo‘lganida ta'mirlashni tezlashtiruvchi hamda foydalanish bo‘yicha foydali texnik tavsiyalar beruvchi sun'iy intellekt funksiyasi yordamida xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Ko‘rgazma ishtirokchilariga  www.lg.com/exhibition havolasi orqali LG'ning IFA'dagi namoyishini to‘liq virtual go‘zalligi bilan tomosha qilish yoki Android yoki iOS qurilmalariga LG Virtual Studio interaktiv mobil ilovasini yuklash tavsiya etiladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: