Ushbu tanlovga O‘zbekiston bo‘ylab 16 yoshdan katta barcha shaxslar 2020 yilning 16 sentyabrigacha o‘z loyihalarini topshirishi mumkin. O‘zbekistonda yoshlarning boshlang‘ich tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining beshinchi davri ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. 40ta eng yaxshi loyihalar mualliflari 50 million so‘mgacha grantlarga ega chiqishlari mumkin.
Jumladan, dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Tezlashtirish – vaqt va resurslarni tejab, loyihaning hayotiyligini tezda tekshirib ko‘ring;
- Bilimlar – innovatsion g‘oya va startap loyihasini boshlash va rivojlantirish uchun metodologiya va vositalar;
- Loyiha bo‘yicha yo‘l xaritasi – ishtirokchilar tomonidan biznes-ustoz bilan birgalikda ishlab chiqiladi;
- Mahorat-darslari va maslahatlar – onlayn seminarlarda ishtirok etish va murabbiylar va bozor mutaxassislaridan tajriba olish;
- Marketing va mijozlarni tadqiq qilish – maqsadli auditoriyani aniqlash, qiymat takliflari va loyiha gipotezalarini sinash;
- Hamkorlik – mahsulot/xizmatning minimal ishchi modelini yaratish, uni sinovdan o‘tkazish va fikr-mulohaza olish uchun sherik tashkilotlarning resurslaridan foydalanish;
- Investorlarga taqdimot – finalistlar demo kuni startaplarini namoyish etishadi va loyihani amalga oshirish uchun sarmoyalarni jalb qilishlari mumkin;
- Moliyaviy ko‘mak va sovrinlar – eng yaxshi 40 ta loyiha qimmatbaho sovg‘alar va loyihani rivojlantirish uchun 50 million so‘mgacha maqsadli grantlarga ega bo‘ladi;
- PR qo‘llab-quvvatlash – investitsiyalarni jalb qilishda yordam berish va xorijiy davlatlarning tezlashtirish dasturlarida ishtirok etish.
Start-up'larni amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha bo‘lgan grantlar (har bir hududdan 3 tagacha va Toshkent shahrida 10 tagacha loyihalar) “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan ajratiladi.
Tanlovga 16 yoshdan katta yoshlar tadbirkorlar, ixtirochilar, talabalar, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va tadqiqotchilari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin. Qizlar boshchiligidagi loyihalar va jamoalarga yoki qizlarning hammuallifi bo‘lgan jamoalarga ustuvor ahamiyat beriladi.
Tanlovning amalga oshirilish tartibi quymdagicha:
Dasturda ishtirok etish bepul, tadbirlar onlayn tarzda o‘tkaziladi. Uch oylik ishtirok etish jarayonida nafaqat g‘oyani sinab ko‘rish, texnologiya sohasidagi tadbirkorning ko‘nikmalari va salohiyatini rivojlantirish, balki o'z start-up'ingizni yaratishni boshlash va uni ishga tushirish uchun mablag 'olish mumkin bo‘ladi.
Ushbu tanlov haqida to‘liq ma'lumot:
Dasturda sihtirok etsih shartlari va ariza shakli, loyihalarni tanlash mezonlari va sihtirokchilarga qo‘yilgan talablar to‘g‘risida ma'lumotni startupinitiatives.uz sahofasidan olishingiz mumkin.
Dastur yangiliklaridan boxabar bo‘lish uchun:
Telegram kanal: t.me/startup_initiatives
Facebook sahifasi: fb.com/startupuzb
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +99890 317-39-59
Reklama huquqi asosida