Tik Tok avgustda dunyoda eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi

Fan-texnika 20:07 / 09.09.2020 6176

Tik Tok qisqa videoroliklar ilovasi avgust yakunlariga ko‘ra eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘ldi. Bu haqda Sensor Tower tahliliy xizmati ma'lum qildi.

Tik Tok yuklab olinishlar bo‘yicha birdaniga App Store va Google Play do‘konlarida birinchi o‘rinni egalladi. Avgust davomida dunyo bo‘yicha ushbu ilova 63,3 million marta yuklab olingan. Uni eng ko‘p Braziliya va Indoneziya aholisi o‘rnatgan.

Ikkinchi o‘rin esa turli platformalarda boshqa-boshqa ilovalarga nasib etdi. Apple foydalanuvchilari ZOOM videoaloqa ilovasini ko‘proq ko‘chirib olgan bo‘lsa, Android foydalanuvchilari Snack Video ilovasini yuklab olgan. U Tik Tok servisining muqobili hisoblanadi.

Shuningdek, Facebook, Instagram va WhatsApp dunyo bo‘yicha eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Ko‘proq yangiliklar: