Navoiyda ayol kishi YPX xodimining bodikamerasi va jyezl tayoqchasini olib ketdi. IIV voqea tafsilotlarini ochiqladi

Jamiyat 10:41 / 08.09.2020 8457

Navoiy shahri hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi "Matiz" rusumli transport vositasini to‘xtatib tekshirgan vaqtida, haydovchining transport vositasini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi ma'lum bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, YPX xodimi haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga olib ketgan. Haydovchi bozorlik qilganligini aytib, yo‘l-yo‘lakay yashash manziliga mahsulotlarni tashlab chiqishini so‘ragan. YPX xodimi odamgarchilik yuzasidan rozi bo‘lgan.

Haydovchi yashash manziliga kirib, opasi bilan qaytib chiqqan va jarima maydonchasiga o‘zi emas opasi borishligini aytgan. YPX xodimi haydovchining o‘zi borishini so‘ragan, ammo opasi transport vositasining old o‘rindig‘iga chiqib olgan.

“YPX xodimi avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtida haydovchining opasi sababsiz baqir-chaqir qilib, to‘satdan avtomashina rulini burib yuborgan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, xodim transport vositasini to‘xtatgan. Ayol YPX xodimining bodikamerasi va jyezl tayoqchasini olib, boshqa transport vositasiga o‘tirgan va yo‘l-yo‘lakay bodikamera tugmalarini bosib, o‘chirishga uringan. Bodikamera esa ishlashda davom etgan. YPX xodimi ayolni jahl ustida ekanligini ko‘rgan va ko‘chada tortishmasdan, holat yuzasidan belgilangan tartibda bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘i nomiga murojaat qilgan.

Ayol biroz vaqt o‘tib, olib ketgan bodikamerasi va jyezl tayoqchasini ko‘tarib viloyat IIB YHXB boshlig‘i qabuliga kelgan. 

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi IIV ma'lumotida. 

Ko‘proq yangiliklar: