Samsung AQSh kompaniyasi bilan 5G tarmoqlar qurish bo‘yicha 6,6 milliard dollarlik shartnoma tuzdi

Fan-texnika 20:56 / 07.09.2020 3586

Ushbu shartnoma qiymati Samsung Electronics’ning 2019 yildagi tushumining deyarli 3,5 foizini tashkil qiladi.

Janubiy Koreya 5G tarmoqlarini tijoriy maqsadda ishga tushirgan dunyodagi birinchi davlatlardan biri bo‘ldi. Samsung va Verizon kompaniyalari Open RAN Coalition deb nomlangan kompaniyalar alyansi ishtirokchilari hisoblanadi. Bu alyansga AQSh, Yevropa, Janubiy Koreya va Yaponiya kompaniyalari (AT&T, Cisco, Microsoft, HP, Intel, Nokia, Telefonica, NTT va boshqalar) kiradi. Ba'zi kuzatuvchilar ushbu alyansni Xitoy telekommunikatsiya kompaniyalarining o‘sib borayotgan ta'siriga qarshi birlashma deb hisoblaydilar. Bir qator g‘arb davlatlari fikricha, Xitoy kompaniyalari ta'siri kuchayishi ularning milliy xavfsizligiga tahdid soladi.    

Ma'lumki, AQSh Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritgan. Yevropa davlatlari Xitoy kompaniyalariga qarshi ochiqcha sanksiyalar kiritmagan bo‘lsa-da, “demokratiya yo‘q bo‘lgan” davlatlarda joylashgan va “hukumat bilan yaqin aloqalarga” ega kompaniyalar xizmatlariga ba'zi cheklovlarni ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: