Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘sh qolgan deputatlik o‘rinlari uchun nomzodlar ro‘yxati e'lon qilindi

Jamiyat 14:44 / 07.09.2020 6337

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq, quyidagi 25 nomzod Jo‘qorg‘i Kengesda bo‘sh qolgan 5ta deputatlik o‘rni uchun kurash olib boradi:

1. Nukus shahri bo‘yicha (4-sonli «Ye. Alako‘z» saylov okrugi) nomzodlar:

  • Abdikalikov Ikram Yerejyepbayevich — 1987 yili tug‘ilgan, O‘zLiDeP a'zosi, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
  • Ayimbetova Gulxatsha Aymanovna — 1961 yili tug‘ilgan, «Adolat» SDP a'zosi, «Ayqulash» qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli vokal artisti;
  • Jarimbetov Iskender Utegenovich — 1984 yili tug‘ilgan, O‘zMTDP a'zosi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi bosh mutaxassisi;
  • Jumaniyazov Ulugbek Iskanderovich — 1980 yili tug‘ilgan, O‘zEkoPartiya a'zosi, gimnastika sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori;
  • Qusbatirov Xamit Nurashovich — 1977 yili tug‘ilgan, O‘zXDP a'zosi, Nukus shahri «O‘rnek» MFY raisi.

2. Ellikqal'a tumani bo‘yicha (20-sonli «Sarabiy» saylov okrugi) nomzodlar:

  • Nurumbetov Ulug‘bek Karimberdiyevich — 1965 yili tug‘ilgan, O‘zXDP a'zosi, Ellikqal'a tumani «Chayka alternativlik mashina traktor parki» MChJ direktori;
  • Otemuratov Bairambay Perdebayevich — 1977 yili tug‘ilgan, O‘zLiDeP a'zosi, Nukus davlat pedagogika instituti rektori;
  • Sadullayev Dilshodbek Baxromovich — 1990 yili tug‘ilgan, O‘zMTDP a'zosi, Ellikqal'a tumani Axborot-kutubxona markazi direktori;
  • Saparbayev Ilxam Maxsatbayevich — 1988 yili tug‘ilgan, «Adolat» SDP a'zosi, NDPI Ellikqal'a pedagogika fakulteti dekani o‘rinbosari;
  • Yuldashev Baxram Abdullayevich — 1970 yili tug‘ilgan, O‘zEkoPartiya a'zosi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Ellikqal'a tumani bo‘lim boshlig‘i.

3. Beruniy tumani bo‘yicha (25-sonli «Navbahor» saylov okrugi) nomzodlar:

  • Abdullayev Sardorbek Jumanazarovich — 1983 yili tug‘ilgan, «Adolat» SDP a'zosi, partiyaning Beruniy tumani kengashi raisi;
  • Artiqov Qahramon Saparbayevich — 1980 yili tug‘ilgan, O‘zLiDeP a'zosi, Beruniy tumani «To‘qimachi» MFY raisi;
  • Yerniyazov Kakimbek Aqilbekovich — 1992 yili tug‘ilgan, O‘zEkoPartiya a'zosi, Respublika ma'naviyat-marifat markazi Beruniy tumani bo‘limi bosh mutaxasissi;
  • Yeshimbetov Akbar Azamatovich — 1986 yili tug‘ilgan, O‘zMTDP a'zosi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Beruniy tumani kengashi raisi;
  • Reimbayev Adilbek Ruzimuxammadovich — 1977 yili tug‘ilgan, O‘zXDP a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i o‘rinbosari.

4. Qo‘ng‘irot tumani bo‘yicha (49-sonli «Qo‘ng‘irot» saylov okrugi) nomzodlar:

  • Aytjanov Paxratdin Yuldashevich — 1967 yili tug‘ilgan, O‘zMTDP a'zosi, «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJ kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i;
  • Begdullayev Axmet Kobeysinovich — 1972 yili tug‘ilgan, O‘zEkoPartiya a'zosi, «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJ ishlab chiqarish va texnika bo‘limi boshlig‘i;
  • Kumekova Asima Jumabayevna — 1973 yili tug‘ilgan, «Adolat» SDP a'zosi, Qo‘ng‘irot tumani 2-sonli maktabgacha talim tashkiloti mudirasi;
  • Otemuratov Azat Kilichbayevich — 1978 yili tug‘ilgan, O‘zXDP a'zosi, Qo‘ng‘irot tumani 10-sonli maktab direktori o‘rinbosari;
  • Tolibayev Baxram Tengelbayevich — 1980 yili tug‘ilgan, O‘zLiDeP a'zozi, Qo‘ng‘irot tumani irrigatsiya bo‘limi rahbari.

5. Qorao‘zak tumani bo‘yicha (63-sonli «Qorako‘l» saylov okrugi) nomzodlar:

  • Kamalov Murat Qallibekovich — 1955 yili tug‘ilgan, O‘zEkoPartiya a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori;
  • Kuatbayev Quanishbay Kuatbayevich — 1989 yili tug‘ilgan, O‘zLiDeP a'zosi, Xalq banki Qorao‘zak tumani filiali boshqaruvchisi;
  • Orazaliyev Mirzali Dao‘letaliyevich — 1986 yili tug‘ilgan, O‘zXDP a'zosi, O‘zbekiston ilm-fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari Qorao‘zak tumani kengashi raisi;
  • Razbekov Kuanishbay Bisenbayevich — 1984 yili tug‘ilgan, O‘zMTDP a'zosi, Qorao‘zak tumani XTB boshlig‘i o‘rinbosari;
  • Temirxanov Jyetkerbay Amanbayevich — 1985 yili tug‘ilgan, «Adolat» SDP a'zosi, Qorao‘zak tumani 22-sonli maktab direktori.
Ko‘proq yangiliklar: