Fazogirlar miyasida o‘zgarishlar yuz berishi aniqlandi

Foto: Getty Images
Avstraliya, Belgiya, Germaniya va Rossiya olimlari Xalqaro koinot stansiyasida o‘rtacha 171 kun qolgan 11 nafar rossiyalik fazogirning miyasi strukturasini o‘rganib chiqishdi. Aniqlanishicha, fazoda uzoq vaqt qolish miya strukturasiga ta'sir etar ekan.
Olimlar har bir fazogirning miyasini diffuzion MRT yordamida uch marta – fazoga uchishdan oldin va Yerga qaytgandan keyin ikki marta tekshirishgan.
Olimlarning ta'kidlashicha, neyrovizuallashtirish usullari fazoviy parvozdan keyin miyadagi tarkibiy va fuknsional o‘zgarishlarni aniqlashga imkon bergan. Jumladan, muayyan vaqt davomida vaznsizlik holatida qolish natijasida miyada oq va kulrang moddalar taqsimlanishi o‘zgaradi hamda miya qorinchalari hajmi oshadi, chunki ularda orqa miya suyuqligi miqdori ko‘payyadi.
Mutaxassislarning fikricha, asab tizimi shu yo‘l bilan vaznsizlikka moslashadi va miyaning harakatlar nazorati uchun javobgar sohalariga yuklamani oshiradi. Ta'kidlanishicha, fazogirlar Yerga qaytgandan keyin 7 oy o‘tgach, miya ko‘rsatkichlari yana me'yoriga keladi.
Mavzuga oid

15:01 / 23.01.2025
Ultratovush yordamida inson kayfiyatini ko‘taradigan chip yaratildi

15:42 / 25.10.2024
Olimlar miyaning 3D-atlasini yaratdi – u nima uchun kerak?

23:10 / 19.10.2024
Inson miyasi har xil turdagi qo‘rquvga qanday javob berishi o‘rganildi

18:10 / 15.10.2024