Toshkentda xonadonga shaxta orqali kirib, o‘g‘irlik sodir etgan shaxs aniqlandi 

Jamiyat 11:13 / 03.09.2020 6221

18 avgust kuni Mirobod tumani ichki ishlar organlariga 37 yoshli M.S. murojaat qilgan, deb yozmoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, u xonadonidan 11.500.000 so‘m va 3.600 AQSh dollari yo‘qolgani haqida xabar bergan. 

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Ko‘rilgan choralar davomida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs 39 yoshli G‘ulom U. ekanligi aniqlandi. 

Tergov davomida ma'lum bo‘lishicha, G‘ulom U. xonadonga shaxta orqali kirgan. Tergov davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: