Fuqarolar yig‘ini raislari va profilaktika inspektorlari o‘quvchilarning onlayn ta'lim olishini nazorat qiladi – Vazirlik

Jamiyat 12:10 / 03.09.2020 2892

«Uyda onlayn ta'lim olayotgan o‘quvchilar davomati hamda boshqa bir qancha jarayonlar nazoratini olib borish bo‘yicha vazirlik oldiga ham qator vazifalar qo‘yilgan. Bunda vazirlik Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari bilan birgalikda doimiy hamkorlik olib boradi.

Keltirib o‘tilgan mas'ullar tomonidan olib boriladigan zarur choralar quyidagilardan iborat:

  • umumiy o‘rta ta'lim maktablaridan olingan ma'lumotlar asosida onlayn tarzda uyda ta'lim olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning onlayn darslarda muntazam ishtirok etishini o‘rganadi;
  • o‘quvchilar davomatini o‘rganish jarayonida ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazadi. Bundan maqsad o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishi, ruhiyatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘rganadi. Shuningdek, bola ruhiyatida o‘zgarishlar aniqlangan taqdirda, hamkor tashkilotlar bilan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • o‘quvchilarning kunlik davomati bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi;
  • karantinga olingan oilalarda tarbiyalanayotgan maktab yoshidagi bolalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni maktab rahbariyatiga taqdim etib boradi.

«Eng asosiysi shuki, fuqarolar yig‘ini raislari va profilaktika inspektorlari onlayn tarzda uyda ta'lim olayotgan o‘quvchilarning ta'lim olishlarini qat'iy nazoratga oladi hamda o‘z hududida «Davomat tadbirlari» tashkil etib boriladi», dedi vazirlik vakili.

Ko‘proq yangiliklar: