Zoom asoschisining boyligi bir sutkada 6 mlrd dollarga ko‘paydi

Fan-texnika 14:47 / 02.09.2020 9577

Zoom videokonferensiyalar servisi asoschisi Erik Yuanning boyligi 24 soat ichida 6 mlrd dollarga ko‘payib, 23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

 Kompaniya daromadi rekord miqdorda o‘sgani to‘g‘risida hisobot e'lon qilganidan so‘ng Yuanning boyligi miqdori keskin oshdi. Ikkinchi chorakda Zoom 663,5 mln dollar daromadga ega bo‘lgan, bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 355 foizga ko‘proqdir. Hisobot e'lon qilinganidan keyin Zoom aksiyalari narxi 40 foizdan ortiqroqqa qimmatlashdi, Yuan esa servisning 50 mln donadan ko‘proq aksiyasiga ega.

 Bloomberg agentligining qayd etishicha, iyulda Amazon asoschisi Jyeff Bezosning boyligi bir sutkada 13 mlrd dollarga, Tesla asoschisi Ilon Maskning boyligi esa 8 mlrd dollarga ko‘paygandi.

 Zoom koronavirus pandemiyasi darajada ommalashdi, masofadan ishlaydiganlarning ko‘pchiligi ushbu servisdan foydalana boshladi. 

Ko‘proq yangiliklar: