«PSJ» futbolchilari koronavirusga chalindi. Ular orasida Neymar ham bor

Sport 19:08 / 02.09.2020 5303

Klub matbuot xizmati xabar qilishicha, jamoadagi test qilish ishlaridan so‘ng uch futbolchida virus chiqqan. Ularning barchasi yaqin bir necha kun davomida tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘ladi.

L’Equipe nashri ma'lumotiga ko‘ra, jamoa hujumchisi Neymar va yarimhimoyachilar Anxelya Di Mariya va Leandro Paredesning tahlil natijalari musbat bo‘lgan. Ushbu futbolchilar yaqinda Ibitseda ta'tilni o‘tkazib qaytishgandi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumi muddatidan avval yakunlanib, «PSJ» Fransiya chempioni sifatida tan olingandi. Shuningdek, jamoa Chempionlar ligasi finaliga yetib borib, Myunxenning «Bavariya» klubiga yutqazgan va kumush medallar bilan kifoyalangandi.

Ko‘proq yangiliklar: