6300 nafar abituriyent imtihonga kelmadi, birovning o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan 5 kishi to‘xtatib qolindi

Jamiyat 19:37 / 02.09.2020 9394

IIV rasmiysining qayd etishicha, imtihon belgilangan tartibda o‘tgan va hech qanday ko‘ngilsizlik yuz bermagan.

2 sentyabrda testda qatnashishi rejalashtirilgan 118 500 abituriyentning 112 188 nafar abituriyent imtihonda qatnashgan. 6 312 nafar abituriyent esa turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmagan.

«Qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay abituriyentlar o‘zlari bilan imtihon hududiga turli elektron vositalar va shpargalkalar olib kirishga urinishi holatlari kuzatildi.

Bugun 59 nafar abituriyent kirish imtihonlaridan chetlashtirildi. Ularning 33 nafari qo‘l telefonlari, 4 nafari qo‘lbola yasalgan elektron qurilmalar, 5 nafari shpargalka bilan kirishga harakat qilgan, yana 5 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirishga uringan», – deb ma'lum qildi Shohrux G‘iyosov.

Ko‘proq yangiliklar: