Termiz shahrida ayrim ko‘chalar bo‘ylab transport vositalari harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shahar hokimining farmoyishiga asosan joriy yil 2 sentyabrdan 14 sentyabrga qadar test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chalar bo‘ylab transport vositalari harakati to‘xtatiladi.
Jumladan, test sinovlari o‘tadigan hududlar:
- “Surxon” sport majmuasi;
- Termiz olimpiya zaxiralari maktab internati;
- “Alpomish” o‘yingohi;
- DXX futbol maydoniga olib boruvchi ko‘chalar harakat uchun yopiladi.