Galaxy Z Fold2 sentabr o‘rtalaridan sotuvga chiqariladi.
Smartfon 6,2 dyuymli Infinity-O tashqi ekraniga ega. Ekran kontentni smartfonni ochmasdan ko‘rish imkonini beradi. Qurilma, shuningdek, 7,6 dyuymli asosiy ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘ta ingichka Ultra Thin Glass shishasidan tayyorlangan.
Bundan tashqari, smartfon yaxshilangan stereoeffektli va ovozni aniqroq chiqaruvchi qo‘sh dinamik bilan jihozlangan.
Smartfon 10 Mpli selfi-kamera va 12 Mpli uch modulli asosiy kameraga ega. Qurilma tezkor simli va simsiz quvvatlanish rejimiga ega 4500 mA-soatli akkumulyator, Snapdragon 865+ protsessori, 12 Gb tezkor xotira va 256 Gb ichki xotira bilan ta'minlangan. Qurilma Android 10 operatsion tizimi ostida ishlaydi.
Janubiy Koreya kompaniyasi, shuningdek, o‘ta kuchli batareyaga ega Galaxy M51 smartfonini namoyish qilgan. Batareya kuchi 7000 mA-soatni tashkil qiladi. Qurilma 4 ta, jumladan 64 Mpli kamera olgan.
E'tiborlisi, smartfon batareyasi unga qayta quvvatlanishsiz 2 hafta davomida ishlash imkonini beradi.
Gadjet, shuningdek, Snapdragon 730 protsessori, 6 Gb tezkor, 128 Gb ichki xotira, 17 smli FHD+ displey bilan ta'minlangan.
Asosiy kamera 64 Mpli asosiy modul, 12 Mp va 5 Mpli qo‘shimcha modullardan tashkil topgan. Gadjetning old kamerasi 32 Mp.
Qurilma 300 yevro boshlang‘ich narx bilan 11 sentyabrdan sotuvga chiqariladi.