Ijtimoiy tarmoq orqali haqoratli so‘zlarni aytgan aka-uka aniqlandi, ular qilmishidan pushaymon bo‘ldi

Jamiyat 10:14 / 31.08.2020 16486

Xorazm viloyati IIB tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida bu shaxslarning kimligi aniqlandi. Ular Xorazm viloyatida yashovchi aka-ukalar bo‘lib, ilgari Qozog‘istonda ishlashgan. Hozirgi vaqtda Rossiyada mehnat qilishmoqda.

O‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ular o‘z ishidan pushaymon ekanini, o‘sha paytda mast holda bo‘lishgani sababli, oqibatini o‘ylamasdan so‘zlaganini bildirib o‘tishdi. 

Ushbu ikki nafar yigit qozog‘istonliklardan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: