«O‘zagrolizing» AJ qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

Jamiyat 17:00 / 29.08.2020 7116

«O‘zagrolizing» AJ 2020-2021 yilllarda qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlarini yetkazib berish uchun quyidagilarni sotib olish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi:

  • Haydov traktorlari (135-156 va undan yuqori ot kuchli, 4 g‘ildirakli);
  • Universal haydov traktorlari (80-110 ot kuchli, 4 g‘ildirakli);
  • Universal chopiq traktorlari (80-110 ot kuchli, 3 g‘ildirakli);
  • Bog‘dorchilik mini traktorlari (38-80 ot kuchli, 4 g‘ildirakli);
  • Aylanma omochlari (3-4-5 korpusli);
  • Bog‘dorchilik omochlari (2-3 korpusli);
  • Lazerli yer tekislagichlar (3,5-4-5 metrli);
  • Boronalar (shu jumladan diskli);
  • Mineral o‘g‘it sochgichlar (500-600-800-1000 litrli);
  • Mexanik va pnevmatik ekish seyalkalari (don, paxta, savzavotchilik uchun);
  • Turli rusumdagi purkagichlar (paxta va g‘alla, meva sabzavot maydonlari uchun);
  • Kultivatorlar (paxta va meva sabzavot maydonlari uchun);
  • Ozuqa o‘rish agregatlari va kombaynlari;
  • Yuk tashuvchi mototelejkalar;
  • Traktor tirkamalari va boshqa texnika hamda agregatlar.

Barcha takliflar joriy yilning 21 sentabr kuni soat 17:00 ga qadar (konvertda muhrlangan holda) quyidagi manzil orqali qabul qilinadi.

Eslatma! Tijorat takliflarida sifat sertifikati, texnikalarga qo‘llaniladigan kafolat muddati, yetkazib berish muddati, muvofiqlik sertifikati, mahalliylashtirish darajasi va to‘lov shartlari ko‘rsatilishi kerak.

«O‘zagrolizing» AJ marketing, buyurtmalarni shakllantirish, texnikalarni lizing orqali va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni tashkil etish boshqarmasi tanlov komissiyasining ishchi organ manzili:

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 42-a uy

Telefon: 71 207-30-43; 71 207-77-12

E-mail: info@agroleasing.uz

Ishtirokchilar tanlov shartlari bo‘yicha ma'lumotlarni yuqorida ko‘rsatilgan manzil yoki telefon raqamlari orqali olishlari mumkin.

«O‘zagrolizing» AJ tanlovning har qanday bosqichida uni bekor qilish huquqiga ega.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: