Asakada uy-joyga kirib, bosqinchilik qilgan shaxslar qamoqqa olindi

Jamiyat 17:09 / 29.08.2020 4475

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular I.N.ning qo‘li va og‘zini skotch bilan bog‘lashib, uning yuzi va tanasi boshqa joylariga qo‘llari bilan urishib, pul berishini talab qilishgan va xonadon egasi faol qarshilik ko‘rsatganligi sababli hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, qonga o‘xshash dog‘lar, bir dona chalabzar pichoq hamda oyoq izi mavjud bo‘lgan tyuner apparati, skotch bo‘laklari hodisa sodir bo‘lgan joyidan 250 metr uzoqlikda yo‘l chetida qo‘lbola usulda tikilgan bir dona oq-qora rangli niqob va qonga o‘xshash dog‘lari bo‘lgan bir juft oq rangli rezina qo‘lqop borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 19 yoshli R.M. va T.A. sodir etganligi aniqlanib, fuqaro T.A.dan qo‘lbola usulda tikilgan bir dona oq rangli niqob va bir dona oq rangli rezina qo‘lqop rasmiylashtirib olingan. 

Shuningdek, R.M. va T.A. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: