LG elektron tibbiy niqob ishlab chiqdi

Fan-texnika 21:55 / 28.08.2020 7668

Elektron niqobda zarralarni yuqori samaradorlik bilan ushlovchi ikkita HEPA H13 filtri o‘rnatilgan. Bundan tashqari, niqob unda yengil nafas olish uchun ikkita ventilyator bilan jihozlangan. Niqobda odam nafas olayotgani va chiqarayotganini qayd qiluvchi datchik o‘rnatilgan bo‘lib, ventilyatorlar o‘z aylanish tezligini shunga mos ravishda sozlab turadi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, “aqlli” niqob bir marotabalik niqoblar taqchilligi va qo‘lbola sifatsiz niqoblar muammosini hal qiladi.

Niqob 820 milliamper-soatli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, u niqobni o‘rnatilgan parametrlarga bog‘liq ravishda 2 soatdan 8 soatgacha taqib yurish imkonini beradi.

Kompaniyada niqobning koronavirusga qarshi samaradorligi haqida hech narsa deyilmagan. Biroq ekspertlar niqob aynan pandemiyaga javoban ishlab chiqilgan, deb hisoblamoqdalar. Shuningdek, niqobning necha pul turishiga oydinlik kiritilmagan, biroq u 2020 yilning 4-choragidan ba'zi davlatlarda sotuvga chiqarilishi ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: