Farg‘onada «Arsenal» tadbiri: 137 nafar ovchi jarimaga tortildi

Jamiyat 09:45 / 28.08.2020 5485

2020 yilning 20-30 avgust kunlari ichki ishlar tizimida noqonuniy ravishda saqlanayotgan o‘q-otar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi modda va materiallarni aniqlab olish, shuningdek, ruxsat berish tizimi obektlari faoliyati hamda fuqarolarga tegishli bo‘lgan o‘q-otar qurollar, o‘q-dorilarning saqlanishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida joylarda “Arsenal” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirni o‘tkazish uchun viloyat IIB PPX va JTSB tomonidan hududlar kesimida tezkor shtablar tashkil etilib, “Arsenal” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbir davomida 65 ta nazorat-litsenziyalash tizimiga kiruvchi obektlar tekshirilib, tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi. 

Shu kunga qadar tekshirilgan ovchilar 2562 nafar bo‘lib, tekshiruv davomida saqlash va olib yurish uchun berilgan ruxsatnomalarning amal qilish muddati o‘tganligi sababli 137 nafar ovchi O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha jarimaga tortildi.

Ushbu tadbirni sifatli o‘tkazish uchun jami 1942 nafar xodim jalb etildi. Shahar va tumanlar kesimida “Arsenal” tadbiri bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: