Euroterm o‘z faoliyatini 2002 yilning 5 sentyabrida boshlagan. Markaz keng ko‘lamli xizmatlar: savdo, mijozlarga maslahatlar berish, loyihalash, montaj, yetkazib berish, muhandislik tizimlari va uskunlarga xizmat ko‘rsatish kabi sohalarga ixtisoslashgan.
Euroterm kompaniyasi mamlakatdagi 200 dan ortiq doimiy dilerlar bilan shartnomaviy munosabatlarga ega. Bundan tashqari endi Artel maishiy texnikalari Moldovada quyidagi jahon brendlari – Kaiser (Germaniya), Midea (Xitoy), Simfer (Turkiya), Maestro (Ukraina), Tesy (Bolgariya) va Walser (BAA) bilan bir qatorda sotiladi.
2020 yilning may va iyul oylarining o‘zidayoq umumiy qiymati 132.790 dollar bo‘lgan 1664 dona maishiy texnika yetkazib berildi. Eksportga yo‘naltirilgan asosiy mahsulotlar konditsionerlar, mikroto‘lqinli pechlar va changyutkichlar bo‘ldi.
Yaqin vaqt ichida Euroterm Ruminiya va Bolgariyaga eksportni boshlamoqchi va bu Artel uchun rivojlanishning yangi istiqbollari yaratilayotganini anglatadi.
2020 yilda Artel kompaniyasi eksport hajmini yanada oshirishni rejalashtirgan. Ayni paytda tashqi savdo iqtisodiyot o‘sishining asosiy manbasi va qo‘llab quvvatlovchisi bo‘lish bilan birga, xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar mustahkamlanishi, xalqaro maydonda O‘zbekiston nufuzi oshishiga xizmat qilishi har qachongidan ham ko‘proq ayon bo‘lmoqda.
Reklama huquqi asosida