Yangi xonadon kalitlarini topshirish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Jyengisbay Yembergenov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Farhodjon Shermatov, Nukus garnizoni harbiy prokuraturasi rahbariyati, harbiy xizmatchilar oilalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Nukus garnizonidagi «Vatanparvar» mahallasida bunyod etilgan ikkita 5 qavatli turar-joylar 30 xonadondan iborat.
Ma'lum qilinishicha, oxirgi 3 yilda birgina Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida 300 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar uchun imtiyozli ipoteka krediti asosida 8ta uy qurilgan.
Ayni kunlarda Nukusda Mudofaa ishlari boshqarmasining yangi binosini qurish, Nukus poligoni infratuzilmasini takomillashtirish borasida ishlar davom etmoqda.