Toshkent shahrida tadbirkordan 60 000 dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 16:56 / 26.08.2020 8021

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Mahkama xabariga ko‘ra, fuqaro N.B. “A” MChJ rahbari M.ga Toshkent viloyati Nurafshon shahrida qurilishi lozim bo‘lgan umumiy qiymati 7,5 mlrd so‘mlik maktab binosi va Olmaliq tumanidagi 4,5 mlrd so‘mlik kapital ta'mirlash ishlarini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali olib berishga ishontirib, ushbu xizmati evaziga 60 000 AQSh dollari miqdorida “otkat” talab qilib, oldindan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan N.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: