28 avgust kuni poytaxtda Riviera – yangi savdo-ko‘ngilochar markazi ochiladi. Riviera savdo-ko‘ngilochar markazining loyihasi, Fransiyaning savdo-ko‘ngilochar inshootlarni loyihalashga mo‘ljallangan va katta xalqaro tajribaga ega bo‘lgan MB Architecs arxitektura va dizaynerlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Ma'lumot uchun:
- Umumiy maydoni: 40 370 m2
- Makro supermarketining umumiy maydoni: 2 500 m2
- Yer osti va yer usti avtomobil qo‘yish joylarining sig‘imi – 471 ta
Riviera savdo-ko‘ngilochar markazi The Tower Mall Management Group kompaniyasining loyihalaridan biri bo‘lib, oldin Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi, Compass savdo-ko‘ngilochar markazi, Eski Shahar savdo markazi hamda Anhor park savdo shahriga o‘xshagan inshootlarni taqdim etgan. Yangi savdo-ko‘ngilochar markazi eski shaharning qoq markazida, Olmazor tumanida, Sebzor va Nurafshon gavjum ko‘chalarning kesishmasida joylashgan.
Riviera savdo-ko‘ngilochar markazida ilk marotaba Armani Exchange, Calvin Klein, Gant, Camicissima, Liu Jo, Mayoral brendlari namoyishga qo‘yilgan. Shuningdek yangi savdo-ko‘ngilochar markazida Benetton, Colinʻs, Levis, Lacoste, Tommy Hilfiger, PANDORA, Geox, Giorgio Rotti, USPA, Sacoor Brothers, Okaidi va boshqa ko‘plab brendlarning do‘konlari joylashgan.
Bolalar uchun O‘zbekistonda ilk marotaba Luna park, shuningdek, karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng ish boshlaydigan 7 ta zali bo‘lgan kinoteatr barpo etilgan. Fudkortning markazida Coca-Cola Ice Rink ochiq yaxmalak joylashgan.
Umumiy ovqatlanish zonasiga alohida e'tibor qaratilgan: fudkortda maydoni 1 300 m2 bo‘lgan, Anhor daryosi ko‘rinib turadigan yozgi ayvon mavjud. Fudkort zonasida mahalliy fud-servislar bilan birga Black Star Burger, Baskin Robbins, New-York Burger, American Pizza, Pizza and More, Mustafa, Ajwa Cuisine, Kabulis, Tri Samuraya, Angelʻs Pizza, Hot Dogger, Turkish Food, Milliy Restaurant, Dolce Italia, Bellissimo dunyo brendlari xizmat ko‘rsatadi.
Birinchi uch kun davomida, xalqaro dirijyorlar tanlovi sovrindori Bobomurod Xudoyqulov boshchiligidagi simfonik orkestri, yangi savdo-ko‘ngilochar markazi bilan tanishishning alohida muhitini hamda yoqimli xarid qilish muhitini yaratadi.
Boy dasturga ega va tashrif buyuruvchilar uchun yoqimli syurprizlar tayyorlangan rasmiy ochilish marosimi karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng tashkil etiladi. Agarda Siz Riviera savdo-ko‘ngilochar markazining tantanali ochilish marosimini o‘tkazib yuborishni istamasangiz, t.me/rivieramall mall yangiliklarini kuzatib boring.
Reklama huquqi asosida