Qayd etilishicha, eng ko‘p pensiya Surxondaryo viloyatida tayinlangan. Viloyatdagi nogiron farzandi bor 583 nafar ona 2019 yil 17 yanvardagi prezident farmonida belgilangan imtiyozdan foydalangan.
Farmonda 2019 yil 1 martdan boshlab bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bo‘lgan onalar pensiya yoshiga to‘lganda, pensiya tayinlash uchun zarur ish staji bo‘lmasa ham nafaqa tayinlanlash lozimligi belgilangan. Xuddi shu imtiyoz asosida Namanganda 539 nafar, Qashqadaryo 465 nafar, Andijon viloyatida 392 nafar, Toshkent viloyatida 385 nafar nogiron farzandi bor ona ayni paytda nafaqa olmoqda.