Britaniyaning Bristol shahridagi Vertical Aerospace kompaniyasi 76 kilometrlik masofani yarim soatda bosib o‘tadigan E-Taxi havo taksisi xizmatini ishga tushirish bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi. Hozirda ushbu masofa poyezdda bir soatda bosib o‘tiladi. Model prototipi 2021 yil sentyabrda paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Bloomberg.
Mazkur samolyot-taksiga haydovchi bilan birgalikda besh kishi sig‘adi. Uning maksimal tezligi soatiga 241 kilometrni tashkil etadi. Taksi litiy-ionli batareyalardan quvvatlanadi.
Havo taksisi Yevropa aviatsion xavfsizlik agentligi tomonidan sertifikatlanadi. Vertical Aerospace 2024 yilga kelib havo taksisi xizmati uchun to‘lovlarni arzonlashtirishni rejalashtirgan.