Taqdimot marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev O‘zbekiston va Rossiya, xususan, Tatariston o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivojlanib borayotganini qayd etdi. U bunday aloqalar ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishini ta'kidladi.
“Sumbul” badiiy filmi o‘zbekistonlik kinorejissyor Rashid Malikov hamda uning tataristonlik hamkasbi Ramil Fazliyev tomonidan suratga olingan bo‘lib, filmni suratga olish jarayonlari O‘zbekistonning Buxoro shahrida hamda Tataristonda bo‘lib o‘tdi.
Zifa Qodirovaning «Sagynyrsyң — min bulmam» (Sog‘inganingda meni topolmaysan) asari asosida suratga olingan kinokartinaga o‘zbekistonlik Ulug‘bek Abdullayev prodyuserlik qilgan.