Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi mas'ul xodimi Kun.uz muxbiriga saylov jarayonlari haqida ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, deputatlik saylovlari Qoraqalpog‘istonning beshta hududida qayta o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
1. Nukus shahri bo‘yicha — 4-sonli «Ye. Alako‘z» saylov okrugi;
2. Ellikqal'a tumani bo‘yicha — 20-sonli «Sarabiy» saylov okrugi;
3. Beruniy tumani bo‘yicha — 25-sonli «Navbahor» saylov okrugi;
4. Qo‘ng‘irot tumani bo‘yicha — 49-sonli «Qo‘ng‘irot» saylov okrugi;
5. Qorao‘zak tumani bo‘yicha — 63-sonli «Qorako‘l» saylov okrugi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Saylov to‘g‘risida»gi Qonunining 68-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi maxsus qaror qabul qilgan.
Ma'lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida 65 nafar deputat faoliyat olib boradi. Ayni paytda kengashda 5ta deputatlik o‘rni bo‘sh qolmoqda.