Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3-sonli qaroriga ko‘ra, keltirib o‘tilgan quyidagi holatlar himoya orderini berish uchun asos hisoblanadi:
- tazyiq va zo‘ravonlik qurbonining murojaati;
- jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar;
- tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
- davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar.
Joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida mamlakat bo‘yicha jami 3 ming 592 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan:
- Qoraqolpog‘iston Respublikasi -119 nafar;
- Andijon viloyati - 196 nafar;
- Buxoro viloyati - 319 nafar;
- Jizzax viloyati - 116 nafar;
- Qashqadaryo viloyati - 403 nafar;
- Navoiy viloyati -178 nafar;
- Namangan viloyati - 160 Nafar;
- Samarqand viloyati - 201 nafar;
- Sirdaryo viloyati - 110 nafar;
- Surxondaryo viloyati - 121 nafar;
- Toshkent viloyati - 355 nafar;
- Xorazm viloyati -193 nafar;
- Farg‘ona viloyati - 313 nafar;
- Toshkent shahar - 808 nafar.