Lukashenko ish tashlash o‘tkazayotgan korxonalarni yopishni buyurdi
Belarusdagi qator korxonalarda ish tashlashlar boshlangani, ishlab chiqarish to‘xtagani xabar qilingandi, ammo mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenkoning aytishicha, iqtisodiyotning real sektoridagi barcha tashkilotlar odatdagi rejimda ishlamoqda.

Foto: AFP
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ish tashlash o‘tkazayotgan korxonalarni 24 avgustdan yopishni buyurdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "kimdir ishlashni xohlamasa", gubernatorlar va ijroiya qo‘mitalari raislari ularni ishlashga majburlamasliklari kerak.
"Kerakmas. Ularni baribir majburlay va ko‘ndira olmaymiz. Mamlakat chidaydi. Agar korxona ishlamasa – dushanbadan darvozasiga qulf osiladi, to‘xtatamiz. Odamlar soviganidan keyin korxonaga kimlarni taklif etishni hal qilamiz. Dushanbadan", — dedi Lukashenko.
Belarusdagi qator korxonalarda ish tashlashlar boshlangani, ishlab chiqarish to‘xtagani xabar qilingandi, ammo mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenkoning aytishicha, iqtisodiyotning real sektoridagi barcha tashkilotlar odatdagi rejimda ishlamoqda.
Ko‘chalardagi namoyishlar haqida so‘z yuritarkan, Lukashenko ularning tashkilotchilari "xorijda, qo‘shni mamlakatlarda o‘tirgani"ni qayd etdi.
"Chegara orqali har xil odamlar o‘tyapti. Kelishib, bayroq silkitishyapti, sizlarni tartibsizliklarga undayapti. Tartibsizliklarning asoschilari grodnoliklar emas, belaruslarmas. Ular o‘sha yoqda —Varshavada, Vilnyusda", — deb qo‘shib qo‘ydi u.
Mavzuga oid

15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda

22:07 / 27.01.2025
Belarusning 30 yillik prezidenti yana saylandi. G‘arb bu saylovni ham tan olmadi

12:30 / 27.01.2025
Belarusda Aleksandr Lukashenko yettinchi prezidentlik muddatiga qayta saylandi

00:20 / 27.01.2025