Eron yangi ballistik raketasini marhum general Sulaymoniy sharafiga atadi

Jahon 20:36 / 20.08.2020 7380

Gap “yer-yer” sinfidagi ballistik raketa haqida borib, u 2020 yil yanvarda AQSh harbiylari maxsus operatsiyasi davomida o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniy sharafiga “Hoj Qosim” deb atalgan. Ta'kidlanishicha, raketaning ta'sir radiusi 1400 kmni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, eronlik harbiylar yangi qanotli raketa “Abu Mahdi”ni taqdim etishgan. Ushbu raketa Sulaymoniy bilan birga halok bo‘lgan, iroqlik shia tuzilmalari “Al-Hashd ash-Sha'biy” qo‘mondoni Abu Mahdi al-Muhandis sharafiga atalgan.

Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general-leytenant Qosim Sulaymoniy 3 yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh droni zarbasi natijasida o‘ldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili, jumladan al-Muhandis halok bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: