Xitoyda beshta “8” bilan tugaydigan telefon raqami 324 ming dollarga sotildi
Xitoyda 5 ta “8” bilan tugaydigan telefon raqami uchun 5 mingdan ko‘proq odam kurash olib bordi. Auksionda sotilgan ushbu raqam yangi egasiga 324 ming dollarga tushdi.

Foto: CEO
Onlayn-auksionni Pekin sudi tashkillashtirgan. Unda avvalgi abonentdan olib qo‘yilgan va “88888” soni bilan tugaydigan telefon raqami sotilgan. Auksion ishtirokchilaridan biri ushbu raqamga 2,25 mln yuan (324 ming dollar) to‘lashga rozi bo‘lgan.
Auksion xitoyliklar orasida ajiotaj keltirib chiqargan. Unda ishtirok etish 400 yuan turganiga qaramay, “baxtli” raqam uchun kurash olib borishga 5 mingdan ko‘proq odam ro‘yxatdan o‘tgan.
Xitoyda “8” raqami baxtli raqam hisoblanadi. Xitoyning mandarin shevasida u “farovonlik” so‘zining omonimi hisoblanadi.
Endilikda auksion g‘olibida telefon raqamini olish uchun tegishli pulni to‘lashga 10 kun vaqt bor.
Mavzuga oid

15:39
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

09:21 / 10.03.2025