Bu haqda shahar ma'muriyati rahbari Chen Juguy tarmoqning ishga tushirilishi marosimida ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, shaharda 46,4 mingtadan ko‘proq stansiya qurilgan, bu esa rejalashtirilgandan 1,5 mingta ko‘proq bazani tashkil qilgan. Shuningdek, shahar 5G tarmog‘i bilan qoplanganlik zichligi bo‘yicha Xitoyda 1-o‘rinni egallamoqda.
Shaharda tashkil etilgan 5G tarmoq avtonom ishlaydi, ya'ni u 5G’ning barcha imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va 4G aloqa standartlarisiz qo‘llanadi. Shenchjen rahbariyati shaharni Xitoyda birinchi bo‘lib yangi tarmoq bilan to‘liq qoplash vazifasini 2019 yil sentyabrida qo‘ygan.
Ayni vaqtda butun Xitoy bo‘ylab 5G infratuzilmasini qurish ishlari olib borilmoqda. Hukumat 5G foydalanuvchilari sonini 200 mlndan ko‘proqqa yetkazish uchun 2020 yil oxirigacha 800 mingga yaqin stansiya o‘rnatishni rejalashtirgan. Shu maqsadda har hafta 10 mingdan ko‘proq stansiya o‘rnatilmoqda. Xitoyning uyali aloqa operatorlari esa yaqinda 5G paketlari uchun tariflar arzonlashtirilganini e'lon qilgan.