Malida qo‘zg‘olonchilar prezident va bosh vazirni hibsga olishdi

Foto: AP Photo/Mohamed Salaha
Mali poytaxti Bamakoda harbiy qo‘zg‘olonchilar mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta va bosh vazir Bubu Sisseni hibsga olishdi. Bu haqda qo‘zg‘olonga rahbarlik qilayotganlarga tayanib Agence France-Presse axborot agentligi xabar berdi.
“Prezident va bosh vazir bizning qo‘limizda ekanini ayta olamiz. Biz ularni o‘z uylarida hibsga oldik. Hozir ular bronetransportyorda Kati harbiy bazasiga olib ketilmoqda”, deb aytgan qo‘zg‘olonchilardan biri.
18 avgustda poytaxt Bamakodan 15 km uzoqlikda joylashgan Kati harbiy bazasida harbiy qo‘zg‘olon yuz bergan. Harbiylar bir qator vazirlarni, jumladan tashqi ishlar va moliya vazirlarini hamda parlament spikerini hibsga olishgan.
Malijet portalining xabar berishicha, qo‘zg‘olonchilarga Kati bazasidagi harbiy maktabning sobiq direktori, polkovnik Sadio Kamara boshchilik qilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, Mali qurolli kuchlari bosh shtabi ham hozirda qo‘zg‘olonchilar nazoratiga olingan, bir qator harbiy amaldorlar hibsga olingan.
Mali davlatida iyun oyidan beri hukumatga qarshi ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Muxolifat hukumat va prezident Ibrohim Bubakar Keytani korrupsiya va mamlakat xavfsizligini ta'minlay olmaslikda ayblamoqda.
Mavzuga oid

15:19 / 16.02.2025
Malida noqonuniy oltin shaxtasi qulashi tufayli 48 kishi halok bo‘ldi

17:22 / 25.11.2024
Malida «Vagner»ning bir necha jangchisi o‘ldirildi

15:35 / 25.11.2024
Malida «Vagner» XHKning bir necha yollanma askarlari o‘ldirildi

23:24 / 13.11.2024