Dream City Development kompaniyasi sizni Boulevard turar joy majmuasidan yuqori sifatli ko‘chmas mulkka ega bo‘lish orqali o‘z sarmoyangizdan 2020 yildayoq daromad olishga taklif qiladi.
Boulevard turar joy majmuasi – bu:
- 11 gektardan keng puxta loyihalangan hudud;
- funksional loyihalar taklifi bilan 1167 ta xonadon;
- majmua hududida vaqtni chog‘ o‘tkazish uchun ichki infratuzilma;
- uyingizda ko‘zga tashlanib turuvchi ulkan bog‘;
- poytaxt markazi Tashkent City XIM hududidagi nufuzli manzil.
2020 yil so‘ngidayoq Boulevard turar joy majmuasi dastlabki xaridorlarining xonadonlari to‘liq tayyor bo‘ladi. Hozirgi vaqtda qurilish maydonchalarida tashqi pardozlash va bezash ishlari olib borilmoqda, majmuaning ichki hovlisi obodonlashtirilmoqda va ko‘plab xonadonlarning egalari xarid qilgan ko‘chmas mulklarini ta'mirlashni boshladilar.
Mazkur bosqichda kompaniya o‘zining Dream Architect me'morlik byurosi xizmatlarini taklif etadi. Tajribali mutaxassislar sizni g‘oyalaringizni amalga oshirishga, shaxsiy buyurtma bo‘yicha individual dizayn loyihasini yaratishga, dizayner nazorati va yuqori sifat kafolati bilan barcha ta'mirlash ishlarini bajarishga tayyor. Mijozning istagiga binoan, byuro bo‘lib to‘lash sharti bilan ham to‘lov qabul qilishi mumkin.
Har bir kvadrat metr ertaga foyda keltirishi uchun Dream City kompaniyasi bonus sifatida tayyor ijarachisi bilan xonadon xarid qilishni taklif qiladi. Ko‘chmas mulk ijarasi – kafolatlangan daromadning butun dunyoda keng ommalashgan turi hisoblanadi. Yuqori klassdagi ko‘chmas mulkni sotib olib, siz nafaqat xonadonni, balki yaqin kelajakda foyda keltirishi mumkin bo‘lgan sarmoyaning egasiga aylanasiz. Dream City bilan sarmoya kiritish qulay va foydali.
Umumiy ma'lumot markazi: +99871 202-22-22
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.
Sayt: www.dreamcity.uz
Telegram: t.me/dreamcityuz
Facebook: fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida