2020 yil 13 avgust kuni soat 18:00da M.A. boshqaruvidagi oq rangli "Neksiya-1" rusumli avtomashinasida Sirdaryo shahri "Bahor" mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-29 avtoyo‘lining "Sirdaryo-Guliston" yo‘nalishi 2-km.da harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u "Sindarobod-Sirdaryo" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelgan M.S. boshqaruvidagi, Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli oq rangli "Isuzi" rusumli avtomashinaning oldi qismiga urilib, rul boshqaruvini yo‘qotib YTH sodir etgan.
Natijada, "Neksiya-1" rusumli avtomashina yo‘lovchisi A.I. olgan tan jarohatining og‘irlik darajasidan vafot etgan.