O‘quv yuklamalari hajmi yillar davomida juda yuqori bo‘lib kelgan, ular optimallashtirilmoqda - Respublika ta'lim markazi

Jamiyat 13:46 / 13.08.2020 6045

«Agar o‘quvchilarni o‘quv jarayonida qiynaydigan soatlar, ortiqcha ilmiylik va ortiqcha hajmdagi bilimlardan xalos etmoqchi bo‘lsak, o‘quvchilarda o‘qish motivatsiyasini ko‘tarishga qaratilgan yo‘nalishni tanlashimiz kerak.

1 sinfdan 11 sinfgacha o‘quv yuklamalari hajmi yillar davomida juda yuqori bo‘lib kelgan. Xorijiy tajribalar o‘rganilganda O‘zbekistonda o‘qitilayotgan fanlarning ortiqcha hajmda ekani, bu, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda sanitariya qoidalari va normalariga mos kelmasligi aniqlandi.

Va xorijiy hamda milliy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda o‘quv yuklamalarini optimallashtirishga harakat qildik. Jumladan, o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 1 sinflarning o‘quv yuklamasi 1,5 soatga, 2 sinfdan 2 soatga kamaytirildi. Ayrim sinflarda esa yuklamalar ko‘paytirildi», dedi Ta'lim markazi rasmiysi.

Mehriniso Pardayevaning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik odamlar yuklamalar kamaytirilishi o‘quvchilarning kamroq bilim olishiga sabab bo‘ladi, degan fikrni bildirgan. Lekin bu fikrlar to‘g‘ri emas. Chunki optimallashtirishda o‘quv dasturlaridagi ortiqcha, takror yoki besamar deb topilgan mavzular chiqarib tashlandi. Ona tili va adabiyot fanidan darslarning qisqarishida ham xuddi shunday yo‘l tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: