Samsung’ning ikki rahbar xodimi Xitoyga texnologiyalarni berish gumoni bilan hibsga olindi 

Fan-texnika 20:51 / 12.08.2020 5640

SamMobile portalining xabar berishicha, hibsga olingan xodimlarning shaxsi oshkor qilinmagan. Biroq shunisi ma'lumki, ular kompaniyada rahbarlik lavozimlarini egallagan.

AsiaTimes nashri ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ish Samsung’ning OLED-panellarni ishlab chiqarishda purkab bosishni qo‘llash innovatsion texnologiyasi bilan bog‘langan. Bu texnologiya OLED-televizorlar ishlab chiqarish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish imkonini beradi. Ta'kidlanishicha, Samsung Display ushbu texnologiyani ishlab chiqish uchun 3 yil davomida 10 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflagan.  

Ma'lum qilinishicha, bunday usulda ishlab chiqarilgan OLED-televizorlar savdosi oktyabrda boshlanishi kerak. Shunda Samsung ushbu texnologiyani qo‘llovchi bozordagi birinchi kompaniya bo‘ladi. 

Janubiy Koreya prokuraturasi versiyasiga ko‘ra, Samsung Display xodimlari raqobatchilarga yangi texnologiya bo‘yicha televizorlar ishlab chiqarish jarayonining texnik ko‘rsatkichlarini bergan. Tergov davomida axborotni o‘g‘irlashda ayblangan Xitoy kompaniyasining bir necha yuqori lavozimli xodimlari ham hibsga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: