Bojxonachilar tovar kodi o‘zgartirilishi natijasida 674 mln so‘m mablag‘ undirilmay qolishining oldini olishdi
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati so‘nggi kunlarda bojxonachilar tomonidan fosh etilgan qonunbuzilish holatlari haqida ma'lumot berdi.
Xabar qilinishicha, O‘zbekistondagi «R.T. 2020» nomli hamda «S.M.T» nomli mas'uliyati cheklangan jamiyatlar nomiga xorijdan keltirilgan matolar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu tovarlar hujjatlarda ko‘rsatilgan tasnifdagi emas, aksincha butunlay boshqa turdagi mato ekani aniqlangan.
«Shunga ko‘ra, mazkur tovarlar «Erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda 674 mln so‘m (tovarning kelib chiqish sertifikati taqdim etilganda esa 316.8 mln so‘m) bojxona to‘lovlari undirilishi ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan har ikkala MChJ vakillariga tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi», – deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mashina oynasidan uloqtirilgan o‘ramda salkam 751 gramm gashish borligi aniqlandi
Shuningdek, bojxonachilar narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Bekobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.S. boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtoulov kuzatuvga olinadi.
Kuzatuv davomida mazkur avtotransport vositasi to‘xtaydi va mashinaning old o‘rindig‘ida o‘tirgan fuqaro K.R. mashinadan tushib, yo‘l chetida yotgan qora rangdagi polietillen o‘ramni oladi hamda mashinada harakatlanishda davom etadi.
Shundan so‘ng bojxona xodimlari tomonidan kuzatuvga olinganini sezib qolgan ushbu shaxs zudlik bilan qo‘lidagi o‘ramni mashina oynasidan tashqariga uloqtiradi.
«Tezkor tadbir davomida ushbu shaxs qo‘lga olindi va uloqtirilgan o‘ram voqea joyidan topildi. O‘ram xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida esa undagi modda ekspertlarning xulosasiga binoan, sof vazni 750,95 gramm bo‘lgan «gashish» giyohvandlik vositasi ekani aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi», – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025