Xiaomi yangi smartfonini taqdim etdi

Fan-texnika 20:38 / 11.08.2020 11981

Xiaomi kompaniyasi yangi Mi 10 Ultra smartfonini taqdim etdi. Kompaniya bu haqda o‘zining Twitter-akkauntida ma'lum qildi.

Devays brendning o‘n yillik yubileyiga bag‘ishlangan onlayn-marosimda taqdim etildi. Qurilma 6,67 dyuymli TrueColor OLED-ekrani bilan jihozlangan. Gadjetga Snapdragon 865 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, uning tezkor xotirasi 8 va ichki xotirasi 128 gigabaytga teng. Smartfonning top versiyasi 16 gigabayt tezkor va 512 gigabayt ichki xotiraga ega.

Mi 10 Ultra orqa panelida 48, 48, 12 va 20 megapikselli to‘rtta kamera joylashgan. Kamera 8K o‘lchamda video yozish imkonini beradi.

Smartfon akkumulyatori hajmi 4500 milliamper-soatga teng bo‘lib, qurilma 25 daqiqa ichida to‘liq quvvat oladi. 

Qurilmaning oddiy versiyasi narxi 760 dollar, top versiyasi narxi 1004 dollar deb baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: